So’nggi yangiliklar

19:18"Барселона" ва "Атлетико" "Тоттенхэм" футболчиси учун кураш олиб бормоқда 0 18:51Сауль Альварес кейинги рақибини танлади, музокаралар кетяпти 0 18:24"Хабиб ва Исламни жуда яхши кўраман, лекин...". Кормье америкалик жангчиларнинг чемпионлик эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:56Жастин Гэтжи Илия Топурия билан эҳтимолий жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:28"Челси" Хулиан Альварес учун курашга қўшилди 0 17:02Юнон-рум кураши бўйича U20 терма жамоамиз Минскдаги халқаро турнирда қатнашади 0 16:38PFL Dubai иштирокчилари эртанги турнир олдидан вазн ўлчаш маросимида қатнашишди 0 16:09Милан-Кортина-2026. Ўзбекистон делегациясининг очилиш маросимидаги байроқдори ким бўлиши эълон қилинди 0 15:46"Андижон" ва Хомяков. ФИФА мураббий фойдасига қарор чиқарди 0 15:20Расман. Алишер Ғаниев ва Айтжан Халмаханов PWL 11 турнирида қатнашади 0 14:53ИНТЕРВЬЮ. Конор билан кўришиш қанча? Макгрегорнинг спарринг-шериги жавоб беради 0 14:32"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди 0 13:50Лос-Анжелес-2028 Олимпия ўйинларига саралаш тизими тасдиқланди 0 13:29Ўзбекистон делегациясининг Милан-Кортина-2026 қишки Олимпиадасида фойдаланадиган либослари намойиш этилди (ФОТО) 0 13:08Икарди тарихий ютуққа эришди 0

12 mar 07:50
Yangiliklar

Bolalar sporti

Oybek Jumanazarov: “Natijalar salmog'ini oshirshni niyat qilganmiz”

Jismoniy tarbiya va sport ommaviyligini taminlash, o'g'il-qizlarimizni o'zlari tanlagan sport turlariga chorlash, sportga oshno yoshlarimizni etarlicha shart-sharoitlarga ega bo'lgan majmualarda mashg'ulotlarga jalb etish, iqtidorli sportchi-yoshlarni tarbiyalab, katta sport sari etaklash sport maktablarining ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida ham sportchilar mashg'ulotlarda emin-erkin ishtirok etishlari uchun sharoittlar muhayyo etilgan. 

Bugun mazkur sport maktabida erkin kurash (ayollar kurashi), yunon-rum kurashi, dzyudo, og'ir atletika, taekvondo (VTF), karate (VKF), qilichbozlik, boks, kurash, sambo sport turlari bo'yicha 954 nafar yoshlar 57 nafar malakali trenerlar qo'l ostida mahoratlarini oshirib borishmoqda. Sport maktabi tarbiyalanuvchilarining ko'rkam va shinam, zamon talablariga mos sport zallarida mashug'lotlarga zo'r berayotgani bois, birgina o'tgan 2019 yil bir qator muvaffaqiyatli natijalarni qo'lga kiritishgan. 

Jumladan, Muhammad Jumaev (dzyudo), Ali Xusenov (yunon-rum kurashi), Muzrob Negboev (boks), Istam Qudratov (sambo), Ro'zimurod Yo'ldoshev (sambo), Sulton Isoqov (sambo), SHaxzod Xo'jaqo'lov (sambo), Moxlaroyim Savriddinova (boks), Muxlisa Karimova (karate), SHavkat Karimov (karate), Mirzabek Nozimqulov (karate), Diyorbek Saydullaev (karate), Umid Esanov (kurash) lar milliy terma jamoalar tarkibida o'tgan yilgi Osiyo va jahon chempionatlarida oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishgan.  

O'zbekiston chempionati va kubok bellashuvlarida esa sport maktabi tarbiyalanuvchilari 23 ta oltin, 22 ta kumush, 54 ta bronza medallarini  jamg'arishga muvaffaq muvaffaq bo'lishgan.

Bundan tashqari Sitora Norqulova (erkin kurash), Muxlisa Normo'minova (erkin kurash), Diyora Amonova (erkin kurash), Husan Tashev (taekvondo VTF), Maqsud Ochilov (dzyudo), Muhammadali Saydullaev (yunon-rum kurashi) kabi o'n to'rt nafar sportchilar O'zbekiston Respublikasi talim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi bayoniga muvofiq erishilgan natijalariga ko'ra, oliy o'quv yurtlariga imtiyozli asosda o'qishga qabul qilingan. 

Albatta, sportchilarning bunday muvaffaqiyatlarga erishishda Mamadoli Norov (kurash), Yulduz Salimova (erkin kurash), Akbar Jo'raev (yunon-rum kurashi), Ulug'bek Majidov (sambo), Vayisxon Ergashev (erkin kurash), Farhod Fayziev (taekvondo VTF), SHahobiddin SHaropov (dzyudo), Yo'ldosh Norov (erkin kurash) singari tajribali va jonkuyar trenerlarning mehnati tahsinga loyiq. 

Sport maktabida rejaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2821- sonli “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI  Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida sportchilar tayyorgarligini yanada yaxshilash, kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq belgilab olingan. Sportchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida o'quv-yig'in mashg'ulotlariga alohida etibor qaratilgan. 

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ – 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ – 4063-sonli Qarori ijrolarini taminash yuzasidan ham sport maktabining barcha ishchi-xodimlari, murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish  odat tusini olgan.    

Prezidentimizmiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbusni o'g'il-qizlar orasida targ'ibot-tashkivot qilish, ijrosini taminlash uchun YAKTIBO'SM direktori Oybek Jumanazorov boshchiligidagi mutasaddilar tomonidan alohida dastur-reja ishlab chiqilgan. 5 ta muhim tashabbusning 2-tashabbusi ijrosini taminlash maqsadida birgina o'tgan yilning o'zida mavjud sport turlari bo'yicha musobaqalar, sport tadbirlari, master-klasslar o'tkazilgan. 

Oybek JUMANAZAROV, Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori:

- Jismoniy tarbiya va sportni, xususan, bolalar sportini rivojlantirish, ommaviylikni taminlash asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Sport maktabimizda mavjud sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r bergan o'g'il-qizlarimiz orasida istedodli, metin irodali sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi. 

Selekciya ishlari orqali yana ham iqtidorli yoshlarni jalb etib, ularning mahoratlarini oshirib borish va katta sport sari yo'naltirish, mamlakat terma jamoalariga munosib izdoshlarni etkazib berish va shu orqali xalqaro sport maydonlarida yurtimiz shani va obro'si uchun bor mahoratini namoyon etib, eng kuchli sportchilar qatorida ko'rish bosh maqsadlarimizdan.  

Hozirda 9 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi, 70 nafar sport ustasi, 228 nafar sport ustaligiga nomzod sportchilarimiz bo'lib, rejaga muvofiq joriy yilda ham natijalar salmog'ini yanada oshirishni niyat qilganmiz.  

Bir so'z bilan aytganda, sportchilarimizning sevimli maskanida mashg'ulotlar avji pallasida, yaratilayotgan qulay sharoitlardan maqsadli foydalanayotgan o'g'il-qizlar irodalarini mustahkamlab, chempionlik sari odimlamoqda.   

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing