29 avg 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA
"O'ylaymanki, Getji Xabibni yo'ldan supurib tashlaydi"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik chempion Jastin Getji o'rtasidagi jangga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Jang sanasi yaqin qolgani sayin ushbu chempionlik bahsi atrofidagi muhokamalar qiziyapti. Engil vaznda sobiq UFC chempioni Eddi Alvares ham bo'lajak jangga munosabatini bildirib, ochiqchasiga Jastin Getjiga muxlislik qilishini aytdi.
"Men hamisha Jastin Getji timsolida chempionni ko'rganman. Ham jangchi, ham muxlis sifatida bu fikrni aytyapman. Menga boshqa MMA ustalari bilan taqqoslaganda, aynan uning janglarini tomosha qilish yoqadi. Uning fanatiman desam ham bo'ladi. CHempionlik jangida oktagonga chiqishidan xursandman va o'ylaymanki, u Xabibni yo'ldan supurib tashlaydi. Jastin bunga munosib, u katta gonorar olishga haqli", — dedi Alvares.
Havola :
Fikrlar