So’nggi yangiliklar

14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0

21 fev 16:34
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbek bokschilari yana bir xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Teglar :  Boks
Belarusning Gomel shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida SSSR mutlaq chempioni A.Yukov sovrini uchun xalqaro turnir yakuniga etdi.

Musobaqada mezbon Belarusdan tashqari Rossiya, Qozog'iston, Ukraina va O'zbekiston terma jamoalari bokschilari ishtirok etishdi. 

Quvonarlisi, bugun yakuniga etgan musobaqada Hamid Tangribergenov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Terma jamoamiz bokschilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Belarus va Rossiya terma jamoalariga nasib etdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin: 

-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiev

-75 kg: Nurislom Ismoilov

-81 kg: SHohjahon Abdullaev

+91 kg: Jahongir Zokirov


Kumush: 

-69 kg: Sirojiddin Xojiakmetov

-75 kg: Login Petrov


Bronza:

-64 kg: Umid Qadamboev

Katta murabbiy: Hamid Tangribergenov

Murabbiylar: Botirjon Mahmudov, Hamid Jiyanbaev

SHerzod Ahmedov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib bordi va musobaqaning eng yaxshi hakami nomiga sazovor bo'ldi.


O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
21 fev 16:48:53
Inomjon Boltayev
Sharofiddin keying bosqichda Kemran chiqib ketti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing