28 avg 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek bokschilarining promouteri Povetkinning navbatdagi jangi haqida gapirdi (+VIDEO)
Bir necha o'zbek bokschisining, shu jumladan Aleksandr Povetkinning promouteri Andrey Ryabinskiy rossiyalik bokschining navbatdagi jangi haqida gapirdi.
"Sasha uzoq vaqt jangsiz o'tirishini istamayman. SHuningdek u bilan birga davogarlik uchun kurashishimiz ham mumkin, lekin bunga qancha vaqt ketishini bilmayman. Revanshni yaqin orada - shu yil oxiri yoki kelasi yil boshida tashkil etish mumkin", - dedi Ryabinskiy.
Eslatib o'tamiz, Povetkin shu 22 avgust kuni britaniyalik Dillian Uaytga qarshi jang qilib, uni 5-raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Sportrecs
Fikrlar