So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

30 avg 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

O'zbek boksiga tamal toshini qo'ygan amerikalik - Sidney Jekson haqida bilasizmi?

Teglar :  BoksSidney Jekson
O'zbekistonda amerikaliklar kelib yashaganini kamdan-kam hollarda ko'rish mumkin.

SHundan insonlardan biri boks bo'yicha Amerika chempioni, 1916 yilda o'z xohishiga ko'ra Turkiston general gubernatorligiga kelgan Sidney Jekson bo'ladi.

Sindey Nyu-Yorkdagi kambag'al oilalardan birida tug'iladi. Uning onasi ertayu-kech tikuv dastgohida ishlar edi, otasi esa kimyo zavodda oddiy ishchi bo'lib ishlagan. Tez orada Jeksoning ota-onasi qattiq kasal bo'lib qolishadi, ularda davolanish uchun pul yo'qligi sababli Sidneylar oilasi boquvchilaridan ayrilishadi. SHundan so'ng, bo'lajak chempion tikuv cexiga ishga kiradi. Jekson 12 yoshidan boksga borishni boshlaydi. U vaqtlarda professional boks endi rivojlanish bosqichiga kirib bormoqda edi. SHunda Jekson ularni kambag'allikdan faqatgina boks qutqarib qolishini angladi. 

Birinchi jahon urushiga qadar Jekson engil vazn toifasida AQSHning eng zo'rlaridan biriga aylanib bo'lgandi. U AQSH chempionligini qo'lga kiritadi. Jekson Londonga jamoasi bilan ishtirok etish uchun ketadi hamda u erda anchagina pulga ega bo'ladi. Jekson O'zbekistonda dastlabki boks to'garagini ochgan inson hisoblanadi. Uni Toshkentga kelib qolishi ham qiziq bo'lgan. Qahramonimiz London safaridan so'ng Moskvaga uchrashuvga boradi, lekin jahon urushi tufayli g'arbiy yo'nalish yopilib qoladi. Buning natijasida Jeksonda faqatgina bittagina yo'l qoladi - u ham bo'lsa Afg'onistondan o'tib borish edi. Sid hamda do'sti Frenki Toshkentga chipta olishga qaror qilishadi. SHu tariqa Sidney Lvovich Toshkentda qolib ketadi. U uyiga ketishga harakat qiladi, lekin buning imkoni bo'lmaganidan so'ng, unga qandaydir ish topib ishlashni maslahat berishadi. Jekson tikuv fabrikasiga ishga kiradi, qunt bilan rus tilini o'rganishni boshlaydi, bundan tashqari kurash hamda boks bilan jiddiy shug'ullanishda davom etadi. Jekson 1919 yilning bahorida G'arbiy frontda jang qilishga majbur bo'ladi. Urush yakuniga etganidan so'ng Sidney Jekson pasportini pochtadan AQSHga yuboradi. 



Buyuk knyaz Romanovga tegishli bo'lgan qasr tortib olinganidan so'ng, u erda bir nechta sport turlari uchun to'garaklar tashkil etildi. Boks to'garagini olib borish esa Jeksonga yuklatildi. SHu tariqa, O'zbekistonda dastlabki boks saboqlarini beruvchi to'garak paydo bo'la boshladi. Jekson juda mukammal ishlashga harakat qildi, uning sport zalida Moskvada ham yo'q narsalar paydo bo'ldi. U boks uchun kerakli anjomlarni barchasini tayyorlashni uddaladi. Uning dastlabki shogirdlariga tegishli barcha mahsulotlar qo'lbola bo'lgan. Sidney toshkentlik bolalarni suzishga ham o'rgata boshladi. Sidneyning shogirdlari keyinchalik nafaqat sport olamida, balki boshqa sohalarda etuk inson bo'lib etishadi. Uning shogirdlaridan 5 nafar doktor, 30 nafar fan nomzodlarini etishib chiqdi. Jeksoning o'zi esa «SSSR qahramoni» hamda SSSR tarixida birinchi bo'lib «SSSRda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi» unvoniga sazovor bo'lgan. 



2002 yilda Sidney Jekson haqida hujjatli film olishadi. Jurnalist A.Samar Jeksoning qizidan intervyu olishga erishadi. «Otam Toshkentda doim ham erkin yurolmagan. CHunki u amerikalik bo'lgani sababli har daqiqada uni josus deb qamoqqa olib ketishlari mumkin edi. Jahon urushi yakuniga etganidan so'ng ko'plab amerikalik asirlar paxta terishga majbur qilinadi, lekin Jeksonning omadi yurishib, u bu ishni qilmagan»,-deb intervyu bergan Sidneyning qizi. 


Uzoq yillar davomida Jekson AQSHga borib, yaqinlari bilan ko'rishishni orzu qilgan. Lekin, bu orzusiga faqatgina qariganda erishadi. O'shanda uning singlisi BMT sammiti davomida SSSRga kelib u bilan ko'rishadi. Namangandagi dastlabki boks to'garagi 50-yillarda ochilgan. U erda bolalar bilan Axmadjon Dadajonov, Nikolay Mirkov i Toxir Xodjiev kabi murabbiylar ishlashgan. Bu insonlarning barchasi Sidney Jeksoning shogirdlari bo'lgan. Komolov aynan Jekson qo'l ostida jahonni zabt etgan. Bugungi kunda o'zbek boksi jahonda eng kuchlilar qatoriga kirishga eng katta sababchi aynan Sidney Jekson hisoblanadi. O'zbek boks afsonasi hamda asoschisi Sidney Jekson 1968 yilda bu yorug' olamni tark etdi.

Mavlon SHukurzoda

Nig'monxo'ja Nozimov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
30 avg 16:41:31
KING RING
Sidney jekson xotira turniri boʻlar edi. Nega oʻtkazilmay qoʻydi. Shu haqida ham batafsil maʼlumot berib yuboringlar. Surishtirib
   
30 avg 23:05:01
Suhrob Imomov
Uzbek boksining poydevori uzoq yillarga borib taqalarkan. Bu muvvaqqiyatlar uz uzidan emas. Xotira turniri nega utkazilmayapdi? Jurnalist malodets!
   
30 avg 15:46:22
Бек Махмудов
Ha yahshi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing