29 okt 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari: 8 nafar bokschimiz finalda!
Bahraynda davom etayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarining boks musobaqasida 1/2 final janglari bo'lib o'tdi.
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, 3 nafar qizlarimiz hal qiluvchi bosqichga yo'l oldi. Yigitlarimizdan esa 5 nafari finalda jang qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Finalchilarimiz bilan tanishing:
Yigitlar:
-46 kg. Abdug'ani Yorqinjonov
-60 kg. Ibrohim SHokirjonov
-66 kg. Saidxo'ja Sadillaxo'jaev
-75 kg. Diyorbek Murodilloev
+80 kg. Asadbek Sultanboev.
Qizlar:
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-60 kg. Rushanabonu Isoeva
-75 kg. Samira Turg'unova.
Bronza medali sohibalari:
-50 kg. Nazokat Mardonova
-66 kg. Ulbosin Jalgasbaeva.
Final janglari 30 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar