09 apr 07:32
Yangiliklar

O'zbek jang sanati bo'yicha I Osiyo ochiq chempionati o'tkazildi
Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida o'smirlar va yoshlar o'rtasida o'zbek jang sanati bo'yicha I Osiyo ochiq chempionati o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz o'zbek jang sanati federaciyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda hamyurtlarimizdan tashqari Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojkiston davlatidan kelgan 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Keskin va murosasiz o'tgan bellashuvlarda Rahmatjon Ahmadjonov, Abdullox Qobuljonov, Kamron Nurmuhammedov, Sabina Sottieva, Zarina Sottieva, Madina Asilova, Laylo Noboeva g'olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
CHempionat yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar