So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

22 okt 12:10
Yangiliklar

Kurash

O'zbek kurashini Afrika va Evropa yoshlar o'yinlari dasturlariga kiritish bo'yicha muhim qadam qo'yildi

Teglar :  KurashAfrika
18-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida Milliy olimpiya qo'mitalari associaciyasining (ANOC) XXVI Bosh assambleyasi bo'lib o'tdi.

Nufuzi jihatidan Xalqaro olimpiya qo'mitasidan keyingi o'rinda turadigan tashkilotnining eng muhim anjumanida dunyoning barcha milliy olimpiya qo'mitalari vakillari, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi azolari va xalqaro sport o'yinlari tashkiliy qo'mitalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur nufuzli sport anjumanida Xalqaro Kurash associaciyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o'yinlari Bosh direktori, Olimpiya o'yinlari bo'yicha ANOC ishchi guruhi azosi Haydar Farman va Xalqaro Kurash associaciyasi Vice–Prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazovlar ishtirok etib, Kurashni dunyo bo'yicha keng ommalashtirish bo'yicha ko'plab uchrashuvlar o'tkazilshdi.

Eng muhim uchrashuvlardan biri Afrika Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi (ANOSA) prezidenti janob Mustafa Berraf bilan bo'lib o'tdi.

Muhokamalar yakunida tomonlar Kurashni Afrika o'yinlari Dasturiga kiritish bo'yicha amalga oshirish lozim bo'lgan vazifalarni kelishib olishdi. Bu esa sevimli sportimiz Kurashning Afrika qitasida keng rivojlantirish yo'lida tarixiy voqeadir.

Mustafa Berraf janoblari qita sportida o'ziga xos tranformaciya jarayonlari ketayotganligini takidladi. Kurash sporti Afrikadagi o'zgarishlarning bir qismi bo'lishiga ishonch bildirdi.

SHuningdek, uchrashuvlar davomida Evropa olimpiya qo'mitasi azolari bilan ham muzokaralar olib boriladi. Kurashni Evropa yoshlar o'yinlariga Dasturiga kiritish bo'yicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi. Mazkur masala bo'yicha muzokaralarning amaliy bosqichi davom etmoqda.

Qayd etib o'tish lozimki, qitaviy o'yinlar Olimpiya o'yinlaridan keyingi o'rinda turadigan nufuzli sport bayramidir. Kurashning qitaviy o'yinlar Dasturidan rasman o'rin olishi kelgusida Olimpiya o'yinlari Dasturiga kiritilishida muhim ahamiyatga egadir.

IKA raxbariyati tomonidan Kurash 2018 yili Indoneziyada bo'lib o'tgan Yozgi Osiyo o'yinlari Dasturiga kiritilgan edi.

2023 yil Xitoyning Xanjou shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi Yozgi Osiyo o'yinlarida ham Kurash bo'yicha rasmiy bellashuvlar bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing