So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

10 jan 14:16
Yangiliklar

Kurash

“O'zbek kurashining tarixi, buguni va istiqboli” mavzusida konferenciya o'tkazildi + FOTO

Teglar :  KonferenciyaKurash
Poytaxtimizda O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan “O'zbek kurashining tarixi, buguni va istiqboli” mavzusida ilmiy-amaliy konferenciya bo'lib o'tdi.

Bu haqida O'zbekiston kurash federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Unda milliy uch yarim ming yillik tarixga ega sport turimizning xalqaro maydondagi rivoji, uni ommalashtirish, mamlakatimizda kurashni rivojlantirish bilan bog'liq masalalar o'rtaga tashlandi.

Konferenciya delegatlari 2019 yil dekabr oyida jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni loyihasi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Tadbirda shuningdek, O'zbekiston Kurash federaciyasi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti o'rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko'ra, hamkorlikda o'quv-metodik adabiyotlar va ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirish, birgalikda darsliklar yaratishni ko'zda tutilgan.

Konferenciyada o'zbek kurashini rivojlantirish va istiqboliga doir dolzarb masalalar yuzasidan sohaning etuk mutaxassislari, federaciya vakillari va faxriy kurashchilarning ilmiy maruzalari tinglandi. 

Unda xususan, kurashning jangovor yo'nalishini ishlab chiqish va jamoatchilik etiboriga havola qilish haqida takliflar ilgari surildi. Bu borada mutaxassislar 11 yanvar kuni “Sag'bon” sport majmuasida o'tadigan amaliy mashg'ulotlarda mahorat saboqlarini o'tkazishlari aytib o'tildi.

Mazkur anjumanda bir qator vazirlik va tashkilotlar ishtirok etishib mamlakatimizda O'zbek kurashini yanada ommalashtirish yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikrlar almashdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing