08 may 08:28
Yangiliklar
Kurash
O'zbek milliy kurashi yana bir nufuzli tadbir dasturiga kiritildi
Kurash Sport on Tour-2024 Xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etadi.
Sport on Tour-2024 Italiyaning eng nufuzli sport tadbirlaridan biridir. Mamlakat hukumati, sport vazirligi va milliy olimpiya va paralimpiya qo'mitalari tashabbusi bilan o'tkazib kelinadigan mazkur tadbir jang sanatidan voleybolgacha, suzishdan badiiy gimnastikagacha, raqs, futbol va 20 dan ortiq sport turlarini qamrab oladi.
Joriy yilda tadbirlar 5 dam olish kunlari davomida mamlakatning 6 ta turli joylarda bo'lib o'tadi. Sport on Tour-2024'da xalqaro sport federaciyalari, sport uyushmalari, fondlar, sport industriyasi vakillari va sportga ixtisoslashgan OAV vakillari ishtirok etadi.
Italiya Kurash akademiyasi tashabbusi bilan mazkur ko'rgazmada ilk bora Kurash sporti ham taqdim qilinadi.
Havola :
Manba : ika.org
Fikrlar