24 avg 08:04
Yangiliklar
O'zbekiston - aralash jamoaviy bahslarda Jahon chempionati sovrindori!
Dunyo birinchiligining so'nggi to'rtinchi kuni jamoaviy aralash bellashuvlar tashkil etildi. Jahonning 12 ta saralangan terma jamoalari qatorida O'zbekiston o'smirlari ham medallar uchun kurash olib bordi. CHorak finalda Rossiyani mag'lub etgan vakillarimiz murosasiz kechgan 1/2 final bahsida Qozog'iston terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi.
Dzyudochilarimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda Franciya terma jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Qozog'iston esa finalda Braziliyadan ustun kelib, aralash jamoaviy bahslarda jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Aurelio CHiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 60 davlat orasida umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olgan edi.
Oltin medal
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
Kumush medal
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
Bronza medallar
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: CHaros Xikmatova










Fikrlar