03 iyu 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston boks delegaciyasi Lozannadan qaytdi
Xabar berganimizdek, 1 iyun kuni SHveycariyaning Lozanna shahrida AIBAning navbatdan tashqari kongressi o'tkazilgan edi.
Unda Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi shu yil avgust oyida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarining boks bahslarida professional bokschilarning ishtirok etishiga rasman ruxsat bergandi.
Kongressda qatnashgan 88 delegatdan 84 nafari tashkilotning bu qarorini qo'llab-quvvatlab ovoz bergan. Ushbu tadbirda O'zbekiston boks federaciyasi tarkibida SHerzod Tashmatov hamda Bekzod Mirtimirov ham ishtirok etishdi.
Malumot o'rnida aytishimiz kerakki, 4 iyun sanasida O'zbekiston boks tarixida ilk bor AIBAning to'liq tarkibdagi delegaciyasi yurtimizga tashrif buyuradi. AIBA rahbari janob Vuning shaxsan o'zi ushbu delegaciyaga rahbarlik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar