06 mar 16:18
Yangiliklar
![](/upload/storage/29803_220.jpg)
O'zbekiston boks terma jamoasi Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida birinchi bo'lmoqchi
“Ayni paytda ixtiyorimizda asosiy tarkibdan tashqari, zaxira bokschilarimiz ham bor. Ularni ham tayyorlab boryapmiz. Har bir vazn toifasida 3-4 nafar sportchi ishlamoqda. Bu o'z navbatida tarkibda sog'lom raqobat shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xabaringiz bor, sportda kutilmagan jarohatlar ham uchrab turadi. SHu sababli, zaxiradagi sportchilarimizni ham tayyorlab boryapmiz. O'zbekiston boks terma jamoasi Jakarta 2018 Osiyo o'yinlarida umumjamoa hisobida faqat birinchi o'rinni olishni maqsad qilgan ”, - dedi terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilda Incheonda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida bokschilarimiz birorta ham oltin medal qo'lga kiritilmagandilar.
Rio-2016 Olimpiadasida esa O'zbekiston boks terma jamoasi 7ta medal yutib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandi.
Fikrlar