So’nggi yangiliklar

16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0

29 noy 08:01
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

O'zbekiston delegaciyasi Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi bilan uchrashdi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari Yaponiya poytaxti Tokio shahriga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif doirasida delegaciyamiz vakillari Tokio-2020 Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi va Yaponiyaning qator sayyohlik tashkilotlari bilan uchrashuvlar o'tkazishdi. Delegaciyaga MOQ prezidenti maslahatchilari Iskander SHadiev va SHerzod Asatullaev rahbarlik qildilar. Ushbu uchrashuvlar mobaynida, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston boks va dzyudo federaciyalari hamda “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy aviakompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi. 

Delegaciya vakillari ishni Yaponiyadagi O'zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi G'ayrat Fozilov bilan uchrashishdan boshladi. Kelishuvga ko'ra, elchixona mutasaddilari Olimpiya o'yinlari vaqtida Yaponiyada istiqomat qilayotgan hamyurtlarimizdan maxsus volontyorlik guruhi tashkil qilishda yordam berishadi. SHuningdek, “O'zbekiston havo yo'llari” MAK vakili CHingiz Xolbekov 2020 yilning iyul-avgust oylari mobaynida Toshkent va Tokio shaharlari o'rtasida qo'shimcha aviareyslar yo'lga qo'yish borasida muzokara olib bordi.

Tashrif davomida delegaciyamiz vakillari Yaponiyaning etakchi sayyohlik kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi. O'tkazilgan uchrashuvlar davomida «Global Marketing Travel», «Inari Travel» va “Tobu Top Tours Co. LTD” kompaniyalari bilan suhbat tashkil qilindi. SHubhasiz, ushbu muloqot davomida Olimpiada vaqtida Tokioga tashrif buyuradigan hamyurtlarimiz uchun yaxshi servisga ega mehmonxonalarni hozirdan band etish, ularga eng qulay turistik paketlarni taqdim qilish masalalari ko'rib chiqildi.

Takidlash joiz, Tokio-2020 tashkiliy qo'mita vakillari bilan o'tkazilgan uchrashuv ham ijobiy kelishuvlar bilan yakunlandi. Mazkur uchrashuv davomida Olimpiya o'yinlari vaqtida tashkiliy masalalar bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etish borasida kelishib olindi. Ahamiyatlisi, Tokioda Olimpiya o'yinlari tarixida ilk bor akkreditaciya jarayonida “Games Management System (GMS)” tizimidan foydalaniladi. Mazkur tizim musobaqalarga tashrif buyuradigan mehmonlar, delegaciya vakillarini bir vaqtning o'zida akkreditaciya bilan taminlashi va mehmon sifatida ro'yxatdan o'tkazishi bilan qulay. Uchrashuv yakunida MOQ delegaciyasi vakillari medicina markazlari, sportchilar hordiq chiqarishi uchun tayyorlangan xonalar va ularning jihozlanishini ko'zdan kechirishdi.

Bir so'z bilan aytganda, Tokio safari Olimpiya o'yinlari vaqtida o'zbekistonlik mehmonlar uchun barcha qulay sharoitlarni yaratib berish borasidagi ijobiy kelishuvlar bilan yakunlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing