So’nggi yangiliklar

20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0 18:17Европанинг етакчи лигалари ФИФА бошқарувини ислоҳ қилишни талаб қилмоқчи 0 17:59Осиё ўйинларининг эртанги кунида икки боксчимиз рингга чиқади 0 16:22АҚШга кетган Достон Бозоровнинг Octagon 92 турниридаги рақиби маълум бўлди 0 15:01Амирхон Алихўжаев Mangu 5 турнирида жанг қилади, рақиб яна Россиядан 0 13:30Ўзбекистон тарихда илк бор Эронга 3 та гол урди 0 12:41Абдусатторов Каруанага қарши, Ваҳидов Аниш Гири билан ва барча жуфтликлар аниқ бўлди 0 11:22Расман! Тайсон Фьюри ва Энтони Жошуа ўртасидаги узоқ кутилган жанг ниҳоят эълон қилинди! 0 10:47Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон бугун АҚШга қарши ўйнайди ва бошқа жуфтликлар 0 21:50Осиё ўйинларининг эртанги куни ҳам биз учун медалларга бой ўтиши кутилмоқда (спортчилар рўйхати) 0 21:30Осиё ўйинларининг бешинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида яхшигина кўтарилдик 0 20:57Футбол. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронни мағлуб этди 0

15 okt 07:32
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasida Hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi

O'zbekiston dzyudo federaciyasida 2024 yil hamda 2025 yilning ortda qolgan to'qqiz oyi yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda federaciya mutasaddilari, barcha yosh toifasidagi terma jamoa jamoalarimiz murabbiylari ishtirok etdi. Federaciyaning viloyatlardagi ijrochi direktorlari va masullari ZOOM platformasi orqali tadbirni kuzatib borishdi. Dastlab O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Aziz Sobirov 2024 yil yakunlari va 2025 yilning ortda qolgan davri bo'yicha o'z hisobotini taqdim etdi.   

Aziz Sobirov barcha yo'nalishlarda o'sishga erishganimizni takidlab, asosiy yo'nalishlardan biri Respublikada dzyudo ommaviyligini yanada oshirish, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirishga ko'maklashish va albatta professional sport bo'yicha ham yutuqlarimizni yaxshilab borishdan iborat ekanini aytdi. 

Federaciya bosh kotibi xalqaro yo'nalishda konfederaciya va federaciyalar bilan memorandumlar imzolangani, yurtimizda bir necha davlat terma jamoalarining qo'shma mashg'ulotlar o'tkazayotgani, poytaxtimiz mezbonligida nufuzli IJF musobaqalari va tadbirlarini tashkil etilayotgani, xorijiy murabbiylarning terma jamoalarimizda faoliyat yuritayotgani, klublar dzyudosi yo'lga qo'yilgani kabi bir qator yo'nalishlarda aytishga arzigulik yutuqlar qo'lga kiritilgani urg'uladi.         

SHundan so'ng tashkiliy masalaga o'tildi. SHu kungacha O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib Kseniya Gulyamova rais o'rinbosari lavozimiga saylandi. Delegatlar bir ovozdan taqdim etilgan nomzodga ovoz berishdi. Gulyamova yurtimiz yakkakurash sport turlarida rais o'rinbosari lavozimida ishlagan birinchi ayol mutasaddi rahbar bo'ladi.   

Yig'ilish so'nggida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov so'z olib, oldinda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ko'p ekani, buni birgalikda bir jamoa bo'lib bajarish lozimligini, barcha yo'nalishlarda reja bo'yicha islohotlarni davom ettirish zarurligini aytdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing