12 apr 18:45
Yangiliklar
Og'ir atletika
O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Jahon kubogida kuchli to'rtlikdan joy oldi
Tailandning Pxuket shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon kubogi o'z nihoyasiga etdi.
Parij Olimpiadasi yo'lidagi ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 110 davlatidan 500 nafarga yaqin eng sara polvonlar g'oliblik uchun bahs olib bordi. O'n ikki kun davom etgan murosasiz bahslar davomida erkaklar o'rtasida 12 ta, ayollar o'rtasida esa 9 ta jahon rekordi yangilandi.
Musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medal qo'lga kiritgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida KXDR, Xitoy va Armanistondan so'ng 4-o'rinni egalladi.
SHuningdek, Tailanddagi Jahon kubogida ishtirok etgan sportchilar Parij Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritish uchun muhim reyting ochkolarini ham o'z hisoblariga yozib qo'yishdi.
Havola :
Fikrlar