So’nggi yangiliklar

12:45"Манчестер Юнайтед"нинг 16 ёшли тарбияланувчиси "Реал"га ўтишга яқин турибди 0 12:14Тедди Ринер Ўзбекистонга келади 0 11:43Махачев UFC'даги учинчи чемпионлик ҳақида: "Бунинг учун Ўзбекистонда қолиб бир ой ош ейишим керак" 0 11:12Бугун Акбар Жўраев Жаҳон чемпионатида медаль учун курашади 0 10:51Жезуш Роналдунинг Португалия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаш қарорига муносабат билдирди 0 10:09Тошкентда самбо бўйича 50-жаҳон чемпионати бошланди 0 22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0

08 noy 13:19
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston ikkinchi o'rinda. Osiyo chempionati yarim finaliga qaysi mamlakatdan nechta ishtirokchi etib keldi?

Teglar :  Osiyo chempionati
Ammandagi Osiyo chempionatida chorak finallar yakunlandi.

Yarim finalga O'zbekiston terma jamoasidan 13 nafar bokschi etib keldi. Terma jamoamiz 23 nafar bokschi bilan musobaqaga yo'l olgandi. Eng ko'p ishtirokchi - Qozog'istondan. Qo'shnilarimizning 21 nafar bokschisi medalni naqd qilgan. Ular musobaqaga to'liq tarkibda - 25 nafar bokschi bilan borishgandi. Hindiston terma jamoasi esa 12 ta yarim finalga ega. 

Umumiy hisobda: (25 ta vazndan)

Qozog'iston - 21

O'zbekiston - 13

Hindiston - 12

Mo'g'uliston - 10

Yaponiya, Iordaniya - 7 

Janubiy Koreya - 6

Tailand - 5

Xitoy Taypeyi, Qirg'iziston - 4 

Filippin - 3

Eron, Tojikiston, Vetnam - 2

Pokiston - 1


Erkaklar o'rtasida (13 ta vaznda) ham mos ravishda eng ko'p yarim finalchi Qozog'istondan - 12 ta. O'zbekistondan esa 10 nafar bokschi yarim finalga yo'l oldi. Hindiston, Iordaniya va Mo'g'uliston 5 tadan yarim finalchiga ega. 

Erkaklar: 

Qozog'iston - 12 

O'zbekiston - 10

Hindiston, Iordaniya, Mo'g'uliston - 5

Qirg'iziston - 4

Eron, Yaponiya, Tojikiston, Tailand - 2

Xitoy Taypeyi, Pokiston, Filippin - 1


Ayollar (12 ta vaznda) o'rtasida ham Qozog'iston etakchi - yarim finalda 9 nafar ishtirokchi. Hindistonda 7 nafar, Janubiy Koreyada esa 6 ta yarim finalchi bor. O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar azosi final yo'llanmasi uchun kurashadi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yo'l olgandi. 

Ayollar: 

Qozog'iston - 9

Hindiston - 7

Janubiy Koreya - 6 

Yaponiya, Mo'g'aliston - 5

Xitoy Taypeyi, Tailand, O'zbekiston - 3

Iordaniya, Filippin, Vetnam - 2.

Bugun musobaqada dam olish kuni. Yarim final bahslariga ertadan start beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing