11 sen 13:01
Yangiliklar
Og'ir atletika
O'zbekiston og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi 2021 yilgi jahon chempionati mezboni nomini elon qildi.
Unga ko'ra, bu yilgi jahon birinchiligiga O'zbekiston mezbonlik qiladi. Bellashuvlar aynan poytaxtimiz Toshkent shahriga ishonib topshirildi.
Malumot uchun, ushbu nufuzli musobaqaning o'tkazilish sanalari 7-17 dekabr kunlariga rejalashtirilgan.
20-21 dekabr kunlari esa Xalqaro og'ir atletika federaciyasining Kongressi poytaxtimizda o'tkazilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati hamda Osiyo og'ir atletika federaciyasi Kongressi-2021 va og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati yuqori darajada tashkillashtirilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar