So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

22 dek 16:54
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi murabbiylar uchun xalqaro seminar o'tkazmoqda

Teglar :  Og'ir atletika
21-23 dekabr kunlari mamlakat og'ir atletika federaciyasi poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasining anjumanlar zalida sportning ushbu turi murabbiy va mutaxassislari uchun xalqaro seminar o'tkazmoqda.

Unga xalqaro ekspertlar ham taklif etilgan bo'lib, ular og'ir atletikaga oid turli mavzularda nazariy mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. 

Jumladan, serbiyalik Milan Mixaylovich “Milliy federaciyalarda sport administraciyasi” va “Og'ir atletika bo'yicha texnik qoidalar” mavzularida seminar tinglovchilariga saboq berayotgan bo'lsa, rossiyalik Vladimir Saltikov asosan hakamlar bilan ishlamoqda. SHuningdek, Mintaqaviy antidoping agentligi (MADA) vakili, qozog'istonlik  Kulman Nisanbaeva ham seminarga taklif etilgan. U bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo'lgan “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida maruza qiladi.
Tadbirning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Iskandar Djuraev ishtirok etdi. Seminar boshlanishidan avval O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov 2017 yil yakunlari bo'yicha hisobot berdi.
Tan olish lozim, yakuniga etib borayotgan yil atletlarimiz uchun anchagina muvaffaqiyatli keldi. Yil davomida sportchilarimiz turli yosh toifalarida 9 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 161 ta medalga sazovor bo'lishdi. Ularning 54 tasi oltin, 51 tasi kumush, 56 tasi bronza medallaridir. Ayniqsa terma jamoamiz azolari Bokuda bo'lib o'tgan IV “Islom birdamligi o'yinlari”, Ashxabod shahri mezbonlik qilgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlari hamda yaqindagina AQSHning Anaxaym shahrida yakuniga etgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.
Etiborlisi, okean ortida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz azolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umujamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi. Demak, mamlakatimiz sport tarixida birinchi marta O'zbekiston terma jamoasi kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi.

SHuningdek, joriy yilning 3-10 aprel kunlari Bangkok (Tailand) shahrida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2018 yil Argentida bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga 3 ta yo'llanma qo'lga kiritishdi. Buenos–Ayres mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlariga xozirgi kunda 4 nafardan eng kuchli qizlar va o'smirlar tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ular orasida eng munosiblari o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadi. SHunday ekan shak shubhasiz 2017 yilgi mavsumni O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi uchun omadli keldi deb aytish mumkin.

Seminarning ikkinchi kunida unga taklif etilgan xalqaro ekspertlar murabbiylar uchun nazariy mashg'ulotlar o'tkazishdi. Ertaga, 23 dekabr kuni endi Milliy olimpiya qo'mitasining majlislar zalida “Sportda dopingga qarshi kurash” mavzusida seminar bo'lib o'tadi. Unda nafaqat og'ir atletika, balki olimpiya oilasiga azo  boshqa sport federaciya va associaciyalar bosh kotiblari, terma jamoa bosh murabbiylari va jamoa shifokorlari ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing