So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

03 jan 14:43
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekiston og'ir atletika terma jamoasi o'zining eronlik mutaxassisi bilan xayrlashdi

Teglar :  Og'ir atletika
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasida murabbiy maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan eronlik Said Aziz Alihusayni istefoga chiqdi.

Bu haqda federaciya matbuot xizmati xabar bermoqda:

"Yakunlangan 2023 yilda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasida murabbiy maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan Said Aziz Alihusayni terma jamoadagi so'nggi mashg'ulotini o'tkazdi.

Bugungi mashg'ulotga kelgan Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisi SHaxrillo Mahmudov eronlik mutaxassisning murabbiylik mahorati, bilimi va sportdagi tajribasini yana bir bor etirof etgan holda o'zaro samarali faoliyat va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda uning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.


Takidlash kerakki, Said Aziz Alihusayni ushbu qisqa muddatli mehnat faoliyati davomida o'z tajribalarini ishga solgan holda turli xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etgan O'zbekiston og'ir atletikachilarini tayyorlash va nazorat qilishda salmoqli yutuqlarga erishib, Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga licenziyasi uchun muhim reyting ochkolari qo'lga kiritilishiga hissa qo'shdi.

O'zbekiston terma jamoasi uning qo'l ostida 3-13 may kunlari Janubiy Koreyaning Jinju shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida 2 oltin, 4 kumush va 5 bronza medalini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, 4-17-sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lishiga munosib hissa qo'shdi.

Bundan tashqari, uning murabbiylik mahorati jamoani Xanchjou shahrida bo'lib o'tgan XIX Osiyo o'yinlarida 2 ta kumush va 2 bronza medalini qo'lga kiritishida katta ko'mak berdi. Ushbu musobaqalar davomida Said Aziz Alihusaynining haqiqiy professional df fidoyi ekanini ko'rsatdi.

Afsuski, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining shartnomani uzaytirish taklifiga qaramay, Said Aziz Alihusayni shaxsiy sabablarga ko'ra o'z faoliyatini davom ettirmaslikka qaror qildi. SHunday bo'lsada, federaciya uning sportchilarga bergan beqiyos xizmati, ajoyib maslahatlari, fikr-mulohazalari va qo'llab-quvvatlashini qadrlaydi.

O'zbekiston Og'ir atletika federaciyasi Said Aziz Alihusayni murabbiylik faoliyatini davom ettirishga qaror qilganda, uning uchun federaciya eshiklari har doim ochiqligini bildiradi," - deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing