19 jan 13:20
Yangiliklar
Og'ir atletika
O'zbekiston og'ir atletika terma jamoasi Ukrainada o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari Ukrainada yangi sport mavsumining dastlabki o'quv-mashg'ulotlar yig'iniga kirishdi.
Bahrom Mendiboev boshchiligida polvonlarimiz 3 hafta davomida Ukrainaning Kamenec-Podolskiy shahrida mashg'ulotlar olib borishadi. So'ngra mashg'ulotlar Turkiyaga ko'chirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu yig'inlar og'ir atletikachilarimiz uchun aprel oyida Toshkentda o'tkaziladigan Tokio olimpiadasiga yo'llanmalar taqdim etuvchi licenzion musobaqa - Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar