27 avg 08:53
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hafta qahramonlari O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, keng sport jamoatchiligi, dzyudochilarning oila azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Malumot uchun, dunyoning 60 davlati ishtirok etgan yilning asosiy musobaqasida kadetlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali jamg'arib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgandi. Aralash jamoaviy bahslarda esa Rossiya va Franciyadan ustun kelgan terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo'lgan edi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
Kumush medal:
-90 kg: Jo'rabek Eshpo'latov
Bronza medallar:
-55 kg: Bobur Yusupov
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-44 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: CHaros Hikmatova













Fikrlar