So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

23 may 21:18
Yangiliklar

Sport kurashlari

O'zbekiston Polvonlar milliy markazi raisini tabriklaymiz!

Teglar :  Tabriklaymiz
Bugun texnika fanlari nomzodi, O'zbekiston Polvonlar milliy markazi raisi, O'zbekiston Bel olish va Uchkurash sporti associaciyasi raisi Norquli Yusupovning tug'ilgan kuni.

Uchkurash sport turi asoschisi, O'zbekiston karabtep xalq o'yinini sport turiga aylantirishning bosh tashabbuskori va asoschisi, o'zbek kurashini O'zbekistonda alohida federaciya sifatida tashkil qilib rivojlantirish g'oyasi muallifi, kurash, sambo va dzyudo turlaridan sport ustasi Yusupov Norquli Tursunovichning tavallud kuni.

Norquli Yusupov 1954 yil 23 may kuni Buxoro viloyati Qorako'l tumanida polvonlar otlasida dunyoga keldi. Maktabni alo baholarga tugatib 1973 yil A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Amaliy matematika fakultetiga o'qishga kiradi va 1978 yil SamDUni tugatib yo'llanma bilan 1979 yil O'zbekisiton Fanlar Akademiyasi Kibernetika institutiga ilmiy xodim bo'lib ishga kiradi. 1984 yilda ushbu ilm dargohi aspiranturasiga o'qishga kiradi va 1987 yilga kelib Nomzodlik desertaciyasini himoya qiladi.

Davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. O'z davrida Sambo va Dzyudo sport turlari bo'yicha bir necha marta respublika va Xalqaro turnirlar g'olibi bo'lgan. Hozirgi kunda Bel olish va Uchkurash associaciyasi va Polvonlar milliy markazi raisi lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Darvoqe, Norquli Tursunovichning say-harakatlari bilan O'zbekiston 2011 yilda TAFISA butunjahon o'yinlari associaciyasiga azolikka qabul qilingan va 2012 yilda Litva davlatining SHaulyay shahrida bo'lib o'tgan TAFISA butunjahon o'yinlari festivalida O'zbekiston ham uchta yo'nalishda ishtirok etgan.

Biz Norquli Yusupovni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. U kishiga uzoq umr, sihat salomatlik tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing