09 iyu 15:02
Yangiliklar
Futbol

O'zbekiston Qatarga qarshi oq libosda o'ynaydi
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining so'nggi uchrashuvida Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi.
Ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, reglament, media, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda to'liq oq, darvozabonimiz esa qora libosda harakat qilishi malum bo'ldi.
Havola :
Manba : ЎФА матбуот хизмати
Fikrlar