So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

27 apr 12:00
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hayati yig'ilishi bo'lib o'tdi

Teglar :  Tadbir
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15 fevraldagi farmoniga binoan Madaniyat va sport ishlari vazirligi negizida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil qilingan edi.


25 aprel kuni  O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hayatining majlisi bo'lib o'tdi. Uni qo'mita raisi Rustam Qurbonov olib bordi. Dastlab yangi tuzilgan qo'mita rahbariyati, hududiy boshqarmalar boshliqlari to'planganlarga tanishtirildi.

Kun tartibidagi asosiy masala 2017 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosini taminlashga bag'ishlandi. Qo'mita oldida turgan dolzarb vazifalar bajarilishi uchun nimalar qilish zarurligiga alohida etibor qaratildi. Bu borada rahbarlarning shaxsiy masuliyati takidlab o'tildi.
O'zbekiston sportchilarining 2020 yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan navbatdagi yozgi olimpiada va paralimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishlari bilan bog'liq masala yuzasidan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimovning maruzasi tinglandi.

Jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport obektlari hujjatlarini o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirish, sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish xususida Sertifikaciyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori SHavkat Sultanov so'zga chiqdi.

O'zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi ijro etuvchi direktori vazifasini bajaruvchi Vahobjon Muratqobilov jamg'arma Homiylik kengashi yig'ilishiga tayyorgarlikning borishi haqida axborot berdi.
SHuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi keng qatlamlarini sport bilan shug'ullanishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi, ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo'nalishlari bo'yicha moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanish, “Barkamol avlod” o'yinlariga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi davomida amalga oshirilishi zarur ishlar haqida fikr almashildi. Dastlabki ikki oy mobaynidagi faoliyat tanqidiy ruhda tahlil qilinib, sustkashlikka yo'l qo'yganlar ogohlantirib o'tildi. Kechiktirib bo'lmaydigan vazifalarni samarali bajarish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hayat ishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni hamda Vazirlar Mahkamasining masul xodimlari ishtirok etib, so'zga chiqishdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing