So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

06 avg 23:12
Yangiliklar

Og'ir atletika

“O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri dunyo polvonlarini chorlaydi

Teglar :  Og'ir atletika
O'tgan oy davomida og'ir atletika bo'yicha ilk bor xalqaro onlayn musobaqa tashkil qilinib, mazkur turnir ko'plab mutaxassislar, keng sport jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otgan edi.

Vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtirokidan ruhlangan O'zbekiston og'ir atletika federaciya ham jonbozlik ko'rsatib, ana shunday yirik turnir o'tkazish tashabbusini ilgari surdi va ushbu sport turi bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirini tashkil qilmoqda.

Bugun Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) hamda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining rasmiy vakillari mana shu masalaga bag'ishlgangan videokonferenciya tashkil qilishdi. Unda IWF nomidan tashkilot vice-prezidenti, texnik qo'mita raisi Niko Vlad, IWF vice-prezidenti, rivojlanish va talim komissiyasi boshlig'i Xose Karlos Kuenyos va boshqa bir qator martabali vakillar, mamlakatimiz tomonidan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, IWF Ijroiya qo'mitasi azosi SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi federaciyasi vakillari qatnashdi. Kun tartibidan 28-30 avgust kunlari “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirini tashkil qilish masalasi o'rin oldi. Takidlash joiz, xalqaro mutasaddilar mazkur tashabbusni katta qiziqish bilan qo'llab-quvvatlashdi. Suhbat yakunida tomonlar ushbu bahslarni katta masshtabda yoritib borish borasida kelishib olishdi.

Yurtimizning bunday tashabbus ko'rsatayotganini eshitgan hamono bir qator mamlakatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Qozog'iston, Latviya, AQSH kabi terma jamoalar ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirishgan. Umuman olganda, bo'lajak musobaqada 40 ga yaqin mamlakat vakillari ishtiroki kutilmoqda. O'z navbatida, karantin davrida bo'lishimizga qaramasdan, mamlakatimiz sporti rivoji yo'lida tashkil qilinayotgan mazkur musobaqaning o'tkazilishiga hukumatimiz ham xayrixohlik bildirayotganini takidlash joiz. Bu borada musobaqa g'olib va sovrindorlari uchun pul mukofotlari ajratilishi malum qilindi. Bu esa musobaqaga bo'lgan qiziqishning yanada ortishiga sabab bo'ladi.

O'tgan oy o'tkazilgan ilk xalqaro onlayn turnir tashabbuskori Lotin Amerika davlatlari bo'lib, bellashuvlar ham ushbu mintaqa vaqtiga qarab belgilangani bois, vakillarimiz bizning vaqt bilan yarim tunda chiqish qilishgan edi. O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi hamkorligida tashkil qilinadigan bo'lajak musobaqa esa Toshkent vaqti bilan o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing