So’nggi yangiliklar

17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0

28 avg 11:57
Yangiliklar

Bolalar sporti

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni: Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tugatiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev sport obektlariga doir muhim Farmonga imzo chekdi.

Jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

F A R M O N I

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yurtimizni xalqaro sport maydonlarida munosib ravishda tanitish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini joriy qilish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi o'rinlarda – Vazirlik), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasini (keyingi o'rinlarda – Jamg'arma) tugatish to'g'risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Belgilab qo'yilsinki:

tugatilayotgan Jamg'armaning jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bo'yicha moliyalashtirish funkciyasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi;

jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash bo'yicha loyihalar hamda ularning manzilli ro'yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining Investiciya dasturiga kiritiladi;

tugatilayotgan Jamg'armaning mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda etkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o'tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlari mablag'lari nazarda tutiladi;

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 yilga mo'ljallangan jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investiciyalar hisobidan moliyalashtiriladi;

tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarini, ulardagi bosh buxgalter lavozimlarini qisqartirgan holda, saqlash bilan bog'liq xarajatlar tuman (shahar) byudjetlari mablag'larihisobidan moliyalashtiriladi.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tuzilmasida 2 ta shtat birligidan iborat markazlashgan buxgalteriya xizmati tashkil etilsin va ularga markazlashtirilgan tartibda tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarining moliya-buxgalteriya faoliyatini yuritish vazifasi yuklatilsin.

4. Vazirlik Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalarining hisobraqamidagi qoldiq mablag'larni qonun hujjatlarida belgilangan to'lovlar amalga oshirilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytarilishini taminlasin.

5. Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sohani boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlikning byudjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami (keyingi o'rinlarda – Maxsus hisob raqam) ochilsin.

6. Quyidagilar Maxsus hisob raqam mablag'larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari tomonidan tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida o'qitishdan tushadigan mablag'larning 20 foizi;

Vazirlik tizimidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan idoraviy mansub tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg'armalariga tushadigan mablag'larning 10 foizi;

trenerlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun attestaciyadan o'tkazish

va ruxsatnomalar berish, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish hisobidan tushadigan mablag'larning 15 foizi;

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida o'qitishning to'lov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablag'larning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

Maxsus hisob raqamdagi vaqtincha bo'sh mablag'larni joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko'maklashish mablag'lari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar.

7. Belgilansinki, Maxsus hisob raqam mablag'laridan:

Vazirlikning markaziy apparati xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa rag'batlantiruvchi to'lovlar to'lash;

yuqori malakali xorijiy ekspertlar va xorijdagi vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb qilish;

Vazirlik, uning hududiy bo'linmalari va idoraviy bo'ysunuvidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, ularni qurish va tamirlash, zarur anjomlar, shu jumladan, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan taminlash, zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarni moliyalashtirish;

Vazirlik xodimlarini xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, talim va boshqa muassasalarida o'qitish, malakasini oshirish;

Vazirlik xodimlarining mamlakat hududidagi va xorijiy mamlakatlardagi xizmat safarlari bilan bog'liq xarajatlarini to'lash;

Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.

8. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Jamg'arma tugatilishini inobatga olib:

a) 2019 yilda O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari mablag'lari doirasida va O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo'shimcha manbalari hisobidan:

jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish, kapital tamirlash va jihozlash bilan bog'liq xarajatlar;

tuman (shahar) sport bo'limlarini saqlash xarajatlari;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi uchun talab etiladigan qo'shimcha mablag'lar ajratilishini taminlasin;

b) 2020 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda:

Vazirlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq markazlashgan tartibda jismoniy tarbiya va sport obektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini xarid qilish va etkazib berish hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish uchun respublika byudjeti parametrlarida;

tuman (shahar) sport bo'limlarini saqlash hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejalarini shakllantirish uchun tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlari parametrlarida zarur mablag'larni nazarda tutsin.

9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalari tugatilishi natijasida bo'shaydigan bino va inshootlar, inventar va uskunalar hamda avtotransport vositalarini Vazirlik va uning hududiy bo'linmalariga o'tkazilishini taminlasin.

Tasdiqlangan limitdan ortiqcha avtotransport vositalari belgilangan tartibda sotilsin va ularni sotishdan tushgan mablag'lar Davlat byudjeti daromadlariga o'tkazilsin.

10. O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalari xodimlarini ish bilan taminlash choralarini ko'rsin.

11. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash hamda sport inventarlari bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi funkciyasini bajaruvchi davlat unitar korxonasi shaklidagi Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi tashkil etilsin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilsin.

12. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurishda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovacion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan konstrukciya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taminlasin.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

15. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.

16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                              SH.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2019 yil 26 avgust

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing