11 sen 15:11
Yangiliklar
O'zbekiston sumo bo'yicha Jahon chempionatida ilk bor medalga ega chiqdi
Dunyoning 33 davlatidan jami 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Terma jamoamiz tarkibida Abduqodir Usmonov (80 kg), Mahmudjon Maqsudov (115 kg), Faridaxon To'lashova (73 kg) hamda Durdona Abdujabborova (mutlaq og'ir vazn) musobaqada yurtimiz sharafini himoya qildi.
Aahamiyatlisi, O'zbekistondagi ilk sumochi — Durdonaxon Abdujabborova Jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi. U turnir davomida ikkita g'alaba hamda ikkita mag'lubiyatni qayd etdi. Uning vazn toifasidagi g'oliblik ukrainalik Irina Pasechnikka nasib etdi. Norvegiyalik Katrin Frilset kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi bronza medaliga yaponiyalik sportchi Ayri Hisano egalik qildi.
Malumot o'rnida, O'zbekiston sumo federaciyasi 2023 yil oktyabr oyida tashkil topgan edi.
Fikrlar