08 may 19:26
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi bokschilari Xabarovskdagi xalqaro turnirga yo'l olishdi
Ushbu musobaqada Afrika, Evropa va Osiyodan 150 nafarga yaqin bokschi qatnashishi kutilmoqda.
Musobaqa "A klass" toifasiga kiradi va unda terma jamoalar o'zlarining kuchli tarkiblari bilan ishtirok etishadi.
O'zbekiston terma jamoasi turnirga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-49 kg: Sohibjon Sodiqjonov
-52 kg: Mironshox Ibragimov
-57 kg: Hasanboy Latiboxunov
-60 kg: Xurshidbek Rasuljonov
-63 kg: Mujibillo Tursunov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-69 kg: Javlonbek Yuldashev
-81 kg: Suxrob Qayumov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
Murabbiylar: Abduvoxid Jalolov, Xamza Avezov, Ilyas Raximjanov, Alisher To'ychiev.
Hamyurtimiz Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar