10 dek 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekiston terma jamoasi IBA Jahon chempionatida uchinchi yo'qotishga uchradi
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining chorak final bellashuvlari start oldi.
Musobaqada -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyorjon Meliqo'ziev chorak finalda Ozarbayjon vakili Subxan Mamedovga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda afsuski SHodiyorjon 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini to'xtatdi.
Meliqo'ziev musobaqadagi ilk jangida Qirg'iziston Respublikasi vakilini 5:0 hisobida mag'lub etgandi.
Bu O'zbekiston terma jamoasining mazkur JCHdagi uchinchi yo'qotishi bo'ldi. Bungacha ikki nafar bokschimiz musobaqada imkoniyatni boy bergandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar