So’nggi yangiliklar

12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0

26 may 15:26
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston U-17 terma jamoasi ustozi Islom Ismoilov Paragvay, Panama va Irlandiyaning kuchli jihatlari haqida gapirdi

Xabaringiz bor, U-17 Jahon chempionati qurasi natijalariga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Paragvay, Panama va Irlandiya bilan bir guruhdan joy oldi.

Qura marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov musobaqa va raqiblar haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Har uchala raqib ham o'z mintaqasining kuchli vakillari sanaladi va bu turnirga munosib tarzda yo'l olishgan. SHu bois har bir o'yinga alohida va puxta tayyorgarlik ko'ramiz. 

Paragvay — Janubiy Amerikaning jismoniy kuch, intizom va texnika uyg'unligi bilan ajralib turadigan jamoasi. Ular hech qachon kurashdan chekinmaydi. Panama esa KONKAKAF mintaqasida yildan-yilga o'sib kelayotgan futbol maktabiga ega. Ularning o'yin uslubi tezlik, qarshi hujum va yuqori pressingga asoslangan. Irlandiya klassik Evropa futboli vakili bo'lib, kuchli shakllangan o'yin va intizomi bilan ajralib turadi. 

SHubhasiz, guruhdagi barcha jamoalar kuchli. Bu bosqichda oson raqib yo'q. Ammo biz ham Osiyo chempionlari sifatida ushbu musobaqada shunchaki ishtirok uchun emas, balki istalgan jamoaga qarshi raqobat ko'rsatish, o'z salohiyatimizni namoyon etish va yurtimiz nomini munosib himoya qilish uchun harakat qilamiz.

Jamoamizda ishonch bor, so'nggi yillarda katta tajriba orttirgan, bir qator og'ir bahslardan o'tgan va endi har bir o'yinga chuqur tahlil, aniq reja hamda yuksak ruhiy tayyorgarlik bilan chiqadi. Bor etiborimizni raqiblarni chuqur o'rganishga, iqlim va muhitga moslashishga, shuningdek, futbolchilarimizni ruhiy va taktik jihatdan eng yuqori darajada tayyorlashga qaratamiz. Yurtimiz bayrog'ini jahon miqyosida yuqori ko'tarish va futbol muxlislariga quvonch ulashish biz uchun sharafdir", – deya takidladi Islom Ismoilov.

Avvalroq O'zbekiston U-17 Jahon chempionati "J" guruhidan joy olgani malum bo'lgandi. Bugun malum qilinishicha, o'zbekistonlik o'smirlar iyun oyida Janubiy Amerikada yig'in o'tkazadi va u erda CHili va Boliviya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing