13 mar 08:37
Yangiliklar
Gandbol

O'zbekiston U-19 va U-21 gandbol terma jamoalari Jahon kubogini g'alaba bilan boshladi
Kosovoning Prishtina shahrida gandbol bo'yicha U-19 o'smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o'rtasida Xalqaro gandbol federaciyasi kubogining qitalararo bosqichi start oldi.
Har ikki yosh toifasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasi sharafini himoya qilishi haqida xabar bergan edik.
Har ikki termamiz guruhdagi ilk o'yinlarida Nikaraguaga qarshi bahs olib bordi. U-21 toifasidagi o'yinda hamyurtlarimiz 39:30 hisobida zafar quchdi.
U-19 jamoalari o'rtasidagi bellashuvda ham biznikilarning qo'li baland keldi — 36:23.
Malumot o'rnida, har ikki yosh toifasidagi musobaqaning guruh bosqichida 6 ta terma jamoa ishtirok etadi. Quraga ko'ra, bu jamoalar avvaliga uchtadan ikki guruhga taqsimlandi. O'z guruhida 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo'l oladi. Uchinchi o'rin sohiblari 5-o'rin uchun maydonga tushadi.
Havola :
Manba : t.me/uzhandballfederation
Fikrlar