So’nggi yangiliklar

12:45200 минг доллар?! Ўзбекистонда шахматчиларни рағбатлантиришнинг янги тартиби эълон қилинди 0 12:10Ўзбекистон ва Саудия Арабистони: Осиё ўйинларидаги тўқнашувларда қандай натижалар қайд этганмиз? 0 11:24Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон Хитойга қарши ўйнайди ва бошқа рақибларимиз 0 10:28Осиё ўйинлари. Уч кундан сўнг медаллар жамғариш рейтингидаги ўрнимиз қандай? 0 09:33Ўзбекистонлик спортчиларнинг Осиё ўйинларидаги иштирокидан ОНЛАЙН 0 19:05Осиё ўйинларининг тўртинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 18:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё ўйинлари чорак финалида Саудия Арабистони билан тўқнаш келади 0 18:20Осиё ўйинларининг учинчи кунида учта медаль қўлга киритилди 0 17:25ММАчиларимиз Осиё ўйинларини 3 та медаль билан якунлашди 0 16:43UFC: Богдан Гусковнинг рейтингида яна ўзгариш бўлди 0 15:27Хамза Шираз WBO чемпионлик камаридан воз кечди 0 14:53Британия суди Салоҳни ҳайдовчилик гувоҳномасидан маҳрум қилди 0 13:40Расман. Сирил Ган чемпион сифатидаги илк жангини қачон ва кимга қарши ўтказиши маълум бўлди (ПОСТЕР) 0 11:53Яхши хабар: WBA ташкилоти Бектемир Мелиқўзиевнинг Хайме Мунгияга қарши чемпионлик жангига буйруқ берди! 0 10:53Сеул WTA 250: Илк даврадаёқ ўзбек дербиси гувоҳи бўлдик 0

23 sen 12:10
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari, Aichi-Nagoya-2026

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni: Osiyo o'yinlaridagi to'qnashuvlarda qanday natijalar qayd etganmiz?

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Yaponiyada Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Turnirning futbol o'yinlarida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi. Endi ular chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi. “Oq bo'rilar” Osiyo o'yinlari doirasida bunga qadar 3 marotaba bu yurt vakillariga qarshi o'ynagan.

1. Xirosima-1994: Yorqin debyut va yirik g'alaba

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun tarixiy hisoblangan 1994 yilgi Xirosimadagi Osiyo o'yinlari aynan Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichining 1-tur o'yini bilan boshlangan. Musobqa debyutantlari raqib darvozasiga javobsiz gollar yog'dirib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu o'zining ilk katta musobaqasini o'tkazayotgan terma jamoa uchun ajoyib onlar edi.

O'sha uchrashuvda Sergey Lebedev (14), Mirjalol Qosimov (23) hamda Igor SHkvirinning dubli (25, 43) vakillarimizga ishonchli ustunlikni taqdim etgan. Saudiyaliklar faqatgina o'yin oxirida – 90-daqiqada Al Johanining kuchi bilan bitta gol urishga muvaffaq bo'lishgan xolos. Yakuniy natija – 4:1.

photo_2026-09-23_08-59-13.jpg

2. Incheon-2014: Alamli mag'lubiyat

Oradan yigirma yil o'tib, 2014 yilgi Incheon mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida taqdir jamoalarni yana to'qnashtirdi. Bu safar nimchorak final bosqichida kechgan bahs juda asabiy va keskin kurashlarga boy o'tdi. 20 yil oldin arablarga gol urgan Mirjalol Qosimov bu safar murabbiy sifatida zaxira o'rindig'ida o'tirardi.

O'yin shiddati mehmonlarning yuqori faolligi bilan davom etib, Saudiya Arabistoni 2:3 hisobidagi g'olabani tantana qilgan. O'zbekiston safida Jamshid Iskanderov (45+1) va Vohid SHodiev (70) o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa-da, Al Gamdining goli, Bobur Yo'ldoshevning o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi (avtogol) hamda hakam qo'shib bergan daqiqalarda (90+5) Al Bishi kiritgan to'p vakillarimizning musobaqadagi yurishini to'xtatgan edi.

gettyimages-154224336-2048x2048.jpg

3. Xanchjou-2023: Revansh va yarim final sari qadam

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan 2023 yilgi Osiyo o'yinlarining chorak final bahsi o'zbek futbol muxjislari uchun o'zgacha quvonch keltirdi. Uchrashuvdan oldin mutaxassislar Saudiya Arabistonini favorit sifatida ko'rsatishgan bo'lsa-da, vakillarimiz matonat ko'rsatib, muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Bu avlod terma jamoasi bunga qadar ham bir nechta turnirlarda kuch sinashgan va imkoniyatni boy bergan edi.

Uchrashuvda Saidazamat Mirsaidov (24) va hujumchi Alisher Odilov (43) kiritgan gollar terma jamoamizga qulay ustunlik taqdim etdi. Raqiblar safidan Halil Maran (66) farqni qisqartirgan bo'lsa-da, vakillarimiz himoyada intizomli harakat qilib, hisobni saqlab qolishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi. Yakuniy natija – 2:1.

photo_2026-09-23_09-00-05.jpg

Malumot uchun, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 25 sentyarbr kuni soat 10:00 da start oladi.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing