So’nggi yangiliklar

22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0

10 dek 16:17
Yangiliklar

Voleybol

O'zbekiston voleybol federaciyasi Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tarixiy yo'llanmani qo'lga kiritish istagida

Teglar :  VoleybolLos-Anjeles
O'zbekiston voleybol federaciyasining Xalqaro voleybol federaciyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi natijasida yurtimizda bir qator musobaqalar tashkil etilmoqda.

Bunday yuksalish bo'lajak Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun umid beradi. 

SHu asosda Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati mamlakat voleybol federaciyasining yaqin 4 yillik rejalariga bag'ishlangan taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiylarni Ichki ishlar vazirining o'rinbosari, general-mayor, O'zbekiston voleybol federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Bekmurod Abdullaev qarshi oldi va mavzu yuzasidan umumiy malumot berdi.

Hozirgacha Olimpiya o'yinlarining voleybol bahslarida 12 tadan jamoa ishtirok etgan. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarida jamoalar soni 16 taga oshishi kutilmoqda. SHundan kelib chiqqan holda, mutaxassislar O'zbekiston erkaklar terma jamoasida imkoniyat mavjud ekanini bildirishdi. 

Federaciya masullari o'z taqdimotlari davomida mintaqaviy musobaqalarda ishtirok etish orqali jamoamizning salohiyatini oshirish ko'zda tutilganini malum qilishdi. SHuningdek, sohil voleyboli dasturida ham bu boradagi imkoniyatlar ko'rib chiqildi. 

2025 yil poytaxtimiz ushbu sport turida yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qiladi. Aynan mazkur musobaqa Olimpiya sikliga tayyorgarlik ko'radigan tarkibni aniqlab olish, xato va kamchiliklarni ko'zdan kechirish imkoniyatini taqdim etishi takidlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing