05 may 12:24
Yangiliklar
Xokkey
O'zbekiston - xokkey bo'yicha Osiyo kubogining uch karra g'olibi! (+FOTO)
O'zbekiston U18 terma jamoasi xokkey bo'yicha Osiyo kubogini uchinchi bor qo'lga kiritib, turnirning eng kuchli jamoasi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.
Musobaqa 27 apreldan 3 maygacha Bishkek shahrida bo'lib o'tdi. Terma jamoamiz barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib, turnirni mag'lubiyatsiz yakunladi (Qirg'iz Respublikasi — 4:2; Hindiston — 15:1; Mo'g'uliston — 7:2; Indoneziya — 13:0; Qirg'iz Respublikasi — 3:2).
Ushbu muvaffaqiyat jamoaning so'nggi yillardagi barqaror va yuqori natijalarining mantiqiy davomi bo'ldi:
— 2023 yilda jamoa ilk bor Mo'g'ulistonda o'tkazilgan turnirda Osiyo va Okeaniya kubogini qo'lga kiritdi;
— 2024 yilda Toshkentdagi musobaqada ushbu natijani takrorladi;
— 2026 yilda esa chempionlik unvonini himoya qilib, uchinchi bor g'oliblikni rasmiylashtirdi.











Havola :
Manba : uz_hockey
Fikrlar