So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

01 dek 12:18
Yangiliklar

Tennis

O'zbekiston yana bir tennischini mahalliylashtirdi: u dunyo reytingda 51-o'ringacha ko'tarilgan

Teglar :  Kamilla Rahimova
WTA reytingida 109-o'rinni egallab turgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etadi.

Bu haqida O'zbekiston tennis federaciyasi matbuot xizmati malum qildi. 

Kamilla Rahimova kim?

24 yoshli Kamilla Rahimova 2001 yil 28 avgust kuni Ekaterinburgda tug'ilgan. Kamilaning oilasi O'zbekiston bilan bog'liq: uning onasi Rufina Rahimova (turmushga chiqishdan oldingi familiyasi Yalalova) yoshligida o'z yosh toifasida eng kuchli tennischilar qatoriga kirgan va O'zbekiston SSR sharafini himoya qilgan. Kamilaning katta akasi Timur esa Toshkentda tug'ilgan. 

So'nggi yillarda Kamilla Rahimova jahon turidagi eng barqaror va professional rivojlanayotgan sportchilardan biriga aylandi.

Faoliyatidagi asosiy natijalar:

Yakkalikdagi eng yuqori reytingi: #60 (2024 yil 30 dekabr)

Juftlikdagi eng yuqori reytingi: #51 (2025 yil 25 avgust)


WTA juftlikda 3 ta titul

WTA 125 yakkalikda g'oliblik, shuningdek juftlikdagi g'alabalar


"Katta Dubulg'a" turnirlaridagi eng yaxshi natijalari (yakkalik):

• US Open: 3-bosqich (2021)

• Roland Garros: 3-bosqich (2023)

• Uimbldon: 3-bosqich (2025) — jumladan, dunyoning 5-raqami Jasmin Paolini ustidan g'alaba


"Katta Dubulg'a" juftlikdagi natijalari:

• Australian Open: chorak final (2025)

• Roland Garros: 3-bosqich (2025)

• Uimbldon: 2-bosqich (2024, 2025)

28 noyabr kungi WTA reytingiga ko'ra, Rahimova yakkalikda 109-o'rinda joylashgan.

O'zbekiston tennisida yangi bosqich

Kamilla Rahimovaning O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etishi — milliy terma jamoa uchun strategik kuchayish, bu esa mamlakatning xalqaro sahnadagi raqobatbardoshligini yangi darajaga olib chiqadi.

Endi O'zbekiston "Katta Dubulg'a" turnirlari, WTA, ITF musobaqalari, jamoaviy chempionatlar, Osiyo o'yinlari va "Billie Jean King Cup" musobaqalarida yuqori natijalar uchun kurasha oladigan jahon darajasidagi tennischiga ega bo'ladi.

"Kamilla Rahimovaning O'zbekiston terma jamoasiga qo'shilishi tarixiy voqea. U o'zini kuchli va raqobatbardosh tennischi sifatida ko'rsatgan, dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan tengma-teng o'ynay oladi. Biz Kamillani terma jamoa tarkibida ko'rganimizdan mamnunmiz va oldinda — yorqin g'alabalar, katta yo'l va yangi rekordlar borligiga ishonamiz", — dedi O'zbekiston Tennis Federaciyasi bosh kotibi Sardor Kamilov.


O'zbekiston – global tennis markaziga qarab

Kamilla Rahimovaning terma jamoaga qo'shilishi — raqobatbardosh ayollar terma jamoasini shakllantirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Federaciya sportchilarni tayyorlash tizimini mustahkamlashni hamda terma jamoaga jahon darajasidagi o'yinchilarni jalb qilishni davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing