26 sen 09:07
Yangiliklar
Triatlon
O'zbekistonda ilk bor triatlon bo'yicha ayollar klubi ochilmoqda
O'zbekistonda ilk bor ochilayotan “WomenTriClub” klubi o'z hayot tarzini o'zgartirishni istagan ayollarimizni chorlab qoladi.
O'zbekiston triatlon federaciyasi Bosh kotibi, malakali murabbiy, IRONMAN musobaqalarining ishtirokchisi Elena Kun mamlakatimizda ushbu sport bilan shug'ullanishni istagan ayollar uchun bepul to'garak ochmoqda.
Sizning yoshingiz, vazningiz, sport sohasidagi tajribangiz murabbiy uchun ahamiyatli emas. Asosiysi Sizdagi xohish va o'z ustingizdan qo'lga kiritgan muvaffaqiyatingiz. Ajoyib dasturlar orqali Siz suzish, velosport va yugurish yo'nalishlari bilan shug'ullanishingiz va o'z mahoratingizni oshirishingiz mumkin.
Mazkur dastur 11 oktyabr kuni soat 9:00 dan Z.M.Bobur nomidagi istirohat bog'ida boshlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar