So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

17 mar 19:23
Yangiliklar

Kurash

O'zbekistonda "Kurashlotto" lotoreyasi tashkil etiladi

Teglar :  Kurash
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4881-sonli qarori qabul qilinganidan so'ng milliy sportimiz bo'lgan kurashni rivojlanishida salmoqli qadamlar tashlanmoqda.

Qarorda belgilanganidek, kurash bo'yicha nufuzli   musobaqalarni tashkil qilish, O'zbekistonda kurashni umumxalq sport turiga aylantirish, kurashni ommalashtirish eng dolzarb masalalar sirasiga kiritildi. Nafaqat rivojlantirish bu asnosida uni tijaratlashuvini yo'lga qo'yish jumladan tadbirkorlar, xorijiy investorlarni jalb qilish orqali kurash yaktaklari va gilamlarini ishlab chiqarish, bukmekerlik faoliyatini   hamda kurash lotereyasini  tashkil etish   vazifalari alohida bandlar bilan belgilab berildi. 

Yuqoridagi vazifalar ijrosini taminlash maqsadida, bugun 17 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi anjumanlar zalida anjuman bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Kurash Federaciyasi va O'zbekiston Respublikasi akciyadorlik tijorat Xalq banki o'rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Undan asosiy maqsad “Kurashlotto”(“KURASHLOTTO”) lahzali, pul yutuqli lotereyasini tashkil etish va o'tkazishdan olinadigan mablag'lar hisobidan “Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish” Koncepciyasida belgilangan vazifalarning bajarilishiga, kurashni O'zbekiston va jahonda yanada rivojlantirishga, mazkur sport turi infratuzilmasini yanada takomillashtirish, kurash mahorat maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va boshqa maqsadli tadbirlarni moliyalashtirishning qo'shimcha manbalarini shakllantirishdan iborat

Matbuot anjumanini- Milliy olimpiya qo'mitasi kurash bo'limi rahbari  K.Usmonov boshqarib bordi.  Anjuman ishtirokchilari “Kurashlotto”  lahzali pul yutuqli lotereyasining tashkil etishdan maqsad haqida milliy sportimiz kurashni rivojlantirish yo'lidagi ishlar xususida gapirdilar. O'zbekiston Kurash federaciyasining birinchi o'rinbosari, xalqaro kurash qoidalari asoschisi K.Yusupov va  Akciyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining birinchi o'rinbosari Akramov Doniyor Mamurovich  tomonlaridan bitim imzolangach, ular jurnalistlarni savollariga javob berdilar.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing