So’nggi yangiliklar

13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0

28 iyu 18:29
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda Rossiyaning Janubiy va SHimoliy-Kavkaz okruglari boks federaciyasi vakolatxonalari ochildi

Rossiya Janubiy va SHimoliy-Kavkaz professional boks federaciyasi prezidenti Sergey Kostenko 16 iyun kuni O'zbekistonda tashkil etilgan boks oqshomi munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurdi.

O'zbekistonga tashrifi davomida Sergey Vasilevich yurtdoshimiz Doniyor Ergashev bilan ham uchrashdi va bir qator masalalar yuzasidan muzokara o'tkazdi. 


Malumot uchun, Doniyor Xayrullaevich Ergashev 1993 yilda O'zbekistonda professional boksni yaratish tashabbuskorlaridan biri hisoblanadi. Professional boksda WBA, WBC, WBO tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlagan, mazkur tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan hakamlik seminarlari, promouterlik yig'inlarida, yillik yig'ilishlarida qatnashgan. Tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib, hakamlik licenziyasiga ham ega bo'lgan.

O'zbekistonda birinchilardan bo'lib promouterlik licenziyasiga ega bo'lgan. Buning samarasi o'laroq, 1998 yilda ilk marotaba Toshkentda WBA tashkilotining PABA (PanOsiyo boks associaciyasi) chempionlik kamari uchun jang tashkil etilgan va unda hamyurtimiz Furqat Tursunov 12 raundlik jangda rossiyalik Sergey Korolyovni mag'lubiyatga uchratgandi.

Sergey Kostenko hamda Doniyor Ergashev o'rtasidagi uchrashuv davomida Kostenko hamyurtimizning ishchanlik va kasbiy mahoratini inobatga olgan holda uni Rossiya Janubiy va SHimoliy-Kavkaz professional boks federaciyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinladi. 

Tomonlar uchrashuv davomida hamkorlikning dastlabki bosqichlari muhokama qilindi. SHuningdek, professional bokschilarning qo'shma yig'inlari, moliyaviy masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing