So’nggi yangiliklar

11:55Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0 12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0 09:11Ямаль Мессини Марадона ва Пеледан яхшироқ деб ўйлайди 0 22:34Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси ғолиблари Президент томонидан тақдирланди 0

06 noy 12:05
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda sport musobaqasi ishtirokchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og'dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Teglar :  Korrupciya
Bu bo'yicha Prezident qarori imzolandi.

SHavkat Mirziyoev 4 noyabr kuni sport sohasida korrupciyaning oldini olish maqsadida qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgarishlarni imzoladi.

Sport musobaqasi qatnashchi va tashkilotchilarining pora olishi, ularni moddiyat evaziga og'dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Endilikda bu katta miqdordagi jarima, 3 yilgacha ayrim huquqlardan mahrum qilish, 3 yilgacha (og'irlashtiruvchi holatlarda — 8 yil) ozodlikdan cheklash yo mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yangilanishlarga ko'ra, jinoyat kodeksi 214−1-modda — "Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi" va 214−2-modda — "Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og'dirib olish" bilan to'ldirildi.

Sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o'zgartirish maqsadida sportchi, murabbiy, sport hakami yoki sport musobaqalari boshqa ishtirokchilari va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo'lgan muayyan harakatni pora evaziga og'dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko'zlab bajarishi yo bajarmasligi uchun moddiy qimmatlik olishi shunday jazolanadi: BHMning 50 dan (18 750 000 so'm) 100 baravarigacha (37 500 000 so'm) miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

O'sha harakatlar takroran, ko'p miqdorda, tamagirlik yo'li bilan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, kattaroq miqdorda jarima yoki uch yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Bundan tashqari, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilariga pora berganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda, bu uchun ham avvalgi moddada nazarda tutilgan jazo choralari qo'llanadi.

Agar shaxs unga nisbatan tovlamachilik sodir etilgan bo'lsa va u 30 kun ichida sodir bo'lgan voqea haqida o'z ixtiyori bilan xabar bergan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va jinoyatni ochishga faol yordam bergan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing