14 fev 01:03
Yangiliklar
Boshqalar, Bolalar sporti
O'zbekistonda Sport vazirligi tuzilmoqda, unga O'FA Vice-prezidenti rahbar bo'ladi
O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi o'rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etiladi.
Bu bo'yicha Prezidentning tegishli Farmoni imzolangan. Xabarda malum qilinishicha, qo'mita raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketgan. U 2017 yilning fevralida yangi tashkil qilingan qo'mitaga rahbar etib tayinlangandi.
Endi uning o'rnida yangi tuzilgan vazirlikka O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori, O'FA vice-prezidenti SHoakram Isroilov rahbar bo'ladi.
SHu kungacha O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Oybek Qosimov esa vazirning birinchi o'rinbosariga aylanadi.
Havola :
Manba : kun.uz
Fikrlar