So’nggi yangiliklar

21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0 20:29Скалони Аргентина терма жамоаси билан хайрлашмоқчи 0 19:58Анвар Анваров дунёнинг энг кучли узунликка сакровчилари сафида 0 19:27Ислам Махачев UFC 333 турнирининг асосий жангларига тахмин билдирди 0 18:56Раҳмоновга Қозоғистон Президенти бирор масалани ҳал қилишда ёрдам берганми? 0 18:25Зўравонлик айблови ва жароҳатлар билан курашган ҳамда Ўзбекистонга қарши ўйнаган "Нефтчи"нинг янги легионери билан танишамиз 0 17:54Пауло Коста Эдди Хирн билан шартнома имзолади ва UFC`дан озод этишини талаб қилди 0 17:23Гэтжи деярли уч ойдан сўнг Оқ уйдаги турнирда Топурияни қандай мағлуб этганини тушунтирди 0 16:52Синдаров рапид бўйича дунё рейтингида 2-ўринга кўтарилди. Олдинда фақат афсона бор! 0 16:21Эрлинг Холанд учинчи ўринга кўтарилиб олди 0 15:50Жастин Гэтжи нима учун Исламнинг мухлиси эканлигини тушунтирди 0 15:19"Иккала вариант ҳам аъло". Дана Уайт Топуриянинг навбатдаги рақиби ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:48Раҳмонов ММА тарихидаги уч севимли жангчисини очиқлади 0 14:17Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради 0 13:46Волкановски Рамазоннинг вазнидаги чемпионлик жангига ўз тахминини айтди 0

29 may 11:24
Yangiliklar

Velosport

O'zbekistonda velosportning BMX yo'nalishi bo'yicha trassa qurilishi boshlandi

Teglar :  Velosport
Yurtimizda Olimpiya dasturiga kiritilgan har bir sport turiga etibor kundan kunga ortib bormoqda.

SHunday sinovli kunlarda turgan bo'lsak-da, hukumatimiz sport sohasidagi yirik loyihalarni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Ayni kunlarda Jizzax shahridagi Sangzorko'l mavzesida velosiped sportining Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan VMX yo'nalishi bo'yicha yurtimizdagi dastlabki trassa qurilishi boshlandi. Bu esa mamlakatimizda sportning ushbu yo'nalishiga bo'lgan qiziqishning yanada ortishiga xizmat qiladi. Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati trassa uchun ajratilgan hududni yaqindan o'rganib chiqishmoqda. Takidlash joiz, qurilish viloyat hokimligi tashabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalashtirilmoqda.

VMX Olimpiya o'yinlarida yangi sport turlaridan bo'lib, unda ishtirokchilar guruh bo'lib startdan qo'zg'alishida va uzunligi katta bo'lmagan, ammo murakkab yo'llarda poyga o'tkazishadi. Ushbu sport turi 2008 yildan yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan.

Jizzaxda qurilajak trassa Ukraina, Franciya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalashtiriladi va ekspertlar qurilish ishlari boshlangach bevosita jarayonni nazorat qilib borishadi (xalqaro parvozlar ochilgach). Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, trassa sentyabr oyida ochilishi kutilmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing