12 iyu 21:53
Yangiliklar
Tadbirlar
O'zbekistonda “Xotin-qizlar sport haftaligi” bo'lib o'tmoqda
Mamlakatimizda 10-15 iyun kunlari O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan “Xotin-qizlar sport haftaligi” o'tkazilmoqda.
Haftalik davomida badantarbiya mashg'ulotlari, sportning o'yin turlari, badminton, voleybol, stol tennisi, estafeta bahslari, shaxmat-shashka bo'yicha tadbirlar tashkil etiladi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida “Sport salomatlik garovi” shiori ostida ommaviy sport va piyoda yurish bo'yicha marafonlar bo'lib o'tmoqda. Dastlabki malumotlarga ko'ra, ularda 852 mingdan ziyod uy bekalari va katta yoshdagi ayollar ishtirok etgan. Sport va badantarbiya tadbirlarida esa 3 million 141 ming nafar xotin-qiz qatnashgan.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar