26 iyu 09:41
Yangiliklar
Tennis
O'zbekistondan uch nafar tennischi "Uimbldon" asosiy to'rida ishtirok etadi
2026 yilgi Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi yakkalik bahslari asosiy to'rida O'zbekiston sharafini uch nafar tennischi himoya qiladigan bo'ldi.
Kamilla Raximova reyting orqali to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rga yo'l olgandi.
Polina Kudermetova va Mariya Timofeeva esa saralash bosqichidagi so'nggi final o'yinida ham g'alabaga erishib, asosiy bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Tennischilarimizga hozircha asosiy bosqichda kim raqib bo'lishi aniq emas.
Asosiy bosqich bellashuvlari 29 iyundan boshlanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar