So’nggi yangiliklar

18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0

27 sen 17:32
Yangiliklar

Futbol, Aichi-Nagoya-2026

"O'zbekistonga qarshi o'yinda gol urib, jamoamni g'alaba sari etaklamoqchiman" - Nvadike Uche

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlarining erkaklar futboli musobaqasi yarim finalida O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'ynaydi.

Go Oiva murabbiyligidagi Yaponiya U-21 terma jamoasi chorak finalda SHimoliy Koreyani kichik hisobda mag'lubiyatga uchratib, yarim finalda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi.

26 sentyabr kuni "Toyota" stadionida bo'lib o'tgan chorak final uchrashuvining dastlabki daqiqalarida yaponlar SHimoliy Koreyaning shiddatli hujumlari va tajovuzkor o'yini oldida qiyinchiliklarga duch kelishdi. Biroq 39-daqiqada yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Mixiro Satoning havolatib uzatgan to'piga birinchi bo'lib etib kelgan Nvadike Uche Brayan Seio raqib himoyachisi bilan kurashda ustun kelib, o'ng oyog'ida darvozani ishg'ol qildi. Ushbu yagona gol kunchiqar yurt vakillariga 1:0 hisobidagi g'alabani va yarim final yo'llanmasini taqdim etdi.

Uchrashuv qahramoni Nvadike o'yindan so'ng bergan flesh-intervyusida bahs og'ir kechganini, ammo jamoa o'z o'yin uslubiga sodiq qolgani g'alaba omili bo'lganini takidladi. O'z goli haqida esa: "Himoyachilar ortiga tashlangan to'plar bilan ishlash – mening eng kuchli jihatlarimdan biri, shuning uchun vaziyatni kutgandim va o'xshaganidan xursandman", – deya fikr bildirdi.

Endilikda Yaponiya terma jamoasi 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yarim final bahsida musobaqa favoritlaridan biri – O'zbekiston terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Bo'lajak hal qiluvchi bahsga to'xtalar ekan, 21 yoshli yaponiyalik hujumchi vakillarimizga qarshi qattiq tayyorgarlik ko'rishini yashirib o'tirmadi: "O'zbekistonga qarshi o'yinda gol urib, jamoamni g'alaba sari etaklamoqchiman. Birinchi navbatda jamoamizning mutlaq g'alaba qozonishi shartligini unutmagan holda, bor kuchimiz bilan kurashamiz", – deya takidladi u.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing