13 avg 13:38
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik bokschi AQSHda prof boksda debyut qiladi + FOTO
Toshkent vaqti bilan ertaga tongda AQSHning Florida shtatida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu jang oqshomi doirasida o'zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov ham o'zining ilk jangini o'tkazishi kutilmoqda.
Bokschimiz prof ringdagi debyutini braziliyalik Marselo Uilyamsga qarshi o'tkazadi. Ushbu jang oldidan Otabek tarozidan muvaffaqiyatli o'tdi. Xolmatov o'z janglarini yarimengil vazn toifasida o'tkazadi.
Braziliyalik bokschi shu kungacha 11 ta jang o'tkazib, ularning 2 tasida g'alaba qozongan. 9 ta jangda mag'lubiyatga uchragan.
Olamsport.com sayti ushbu jangda bokschimizga omad tilab qoladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar