16 mar 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi jang oqshomi bekor qilindi
Avval xabar berib o'tganimizdek, 28 mart kuni ikki nafar o'zbekistonlik bokschi Qozog'istonda ringga ko'tarilishi haqida xabar qilingandi.
Ammo, yuzaga kelgan koronavirus sababli Almati shahrida MTK Global tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi bekor qilindi.
Eslatib o'tamiz, o'sha kuni o'zbekistonlik bokschilar Fazliddin G'oibnazarov va Xurshid Tojiboevlar ringga ko'tarilishi lozim edi.
Ushbu jang oqshomi bekor qilinganini Xurshid Tojiboev ham Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar