15 may 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi musobaqada 8 ta medal qo'lga kiritishdi, shulardan 4 tasi oltin!
Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha Sobiq Ittifoqi qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakuniga etdi.
"A klass" toifasiga kiruvchi musobaqada 19 mamlakat bokschilari qatorida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham qatnashishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, yigitlarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-52 kg: Mironshox Ibragimov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63 kg: Mujibillo Tursunov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
Kumush:
-91 kg: Madiyar Saidrahimov
Bronza:
-49 kg: Sohib Sodiqjonov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-81 kg: Suhrob Qayumov.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar