03 dek 19:46
Yangiliklar
O'zbekistonlik bokschining g'alabasi bilan yakunlangan jang tarixga kirdi
Etiborlisi, O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Farzona Fozilova tarixiy jang ishtirokchisiga aylandi. 22 yoshgacha bokschilar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan vakilamiz Tailanddagi qita chempionatining ilk davrasida nepallik Aarati Bxomjanni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu bahs osiyolik bokschi qizlarning shlem, yani bosh himoya vositasisiz o'tkazgan ilk jangi sifatida tarixga kirdi.
"U22 Osiyo chempioni bo'lgan o'zbekistonlik Farzona Fozilova -48 kg vaznda qita chempionati debyutanti nepallik Aarati Bxomjanni mag'lub etdi. Bxomjan Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o'tab bergan Nepalning ichki musobaqasida U22 Osiyo chempionati kumush medali sohibasi Susmu Tamangni shov-shuvli tarzda taslim etgan edi. 21 yoshli Fozilova o'zi uchun kattalar o'rtasidagi ilk Osiyo chempionatida tezlik evaziga raqibasidan ustun keldi. Aynan shu jang Osiyo chempionatida ayol bokschilar shlemsiz ringga chiqqan ilk jang sifatida tarixga kirdi", — deb yozadi ASBC rasmiy sayti.
Fikrlar