03 may 13:45
Yangiliklar
Stol tennisi

O'zbekistonlik ikki stol tennischi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi
17-25 may kunlari Qatar poytaxti Doxa shahridagi "Lusayl Arena" va Qatar universiteti sport majmualarida stol tennisi bo'yicha kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligi o'tkaziladi.
Telegram platformasidagi uzttnews kanalining yozishicha, musobaqaning ayollar o'rtasidagi juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakilasi — Marhabo Magdieva hamda Asel Erkebaeva ham ishtirok etadi.
Musobaqa doirasida juftlik yo'nalishidagi bellashuvlar 5 ta setlik formatdan iborat bo'ladi.
Havola :
Manba : t.me/uzttnews
Fikrlar